Sharofiddin Lutfillaev jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341
Yaponiya poytaxtida start olgan dzyudo bo'yicha jahon chempionatining birinchi kuni terma jamoamiz uchun omadli yakunlanadigan bo'ldi. Biroz avval hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillaev -60 kilogramm vazn toifasining final bahsida gruziyalik Luxumi Chxvimiamiga qarshi bahs olib bordi.
Ajoyib va murosasiz kechgan kurash, afsuski, gruzin vakilining g'alabasi bilan yakunlandi va Sharofiddin Lutfillaev -60 kilogramm vazn toifasida jahon chempionatining kumush medalini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz shu tariqa jahon va Tokio Olimpiadasi reytingi uchun 1400 ochkoni ham o'z hisobiga yozib qo'ymoqda.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi sportchimizning o'zi, yaqinlari va barcha yurtdoshlarimizni bunday muvaffaqiyat bilan muborakbod etib qoladi.