De Ligt: «Yuventus»ning boshlang'ich tarkibiga kirmaganim men uchun kutilmagan hol bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 467
"Yuventus" himoyachisi Matteys De Ligt Italiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan "Parma"ga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibga kiritilmaganidan hayron bo'lganini yashirib o'tirmadi.
"Albatta, o'ynaganim yaxshi edi. Mashg'ulot jarayonida asosiy tarkibga kirmay qolishim mumkinligi haqida hech qanday ishora ham yo'q edi. Bu kutilmagan hol bo'ldi.
Men murabbiyni hurmat qilaman va tushunaman. Hali yangi joyga moslashib olishim kerak. Mavsum davomida boshlang'ich tarkibdagi joy uchun kurash olib boraman", - dedi de Ligt.
Ma'lumot o'rnida. De Ligt yozgi transfer paytida 85,5 million evro evaziga "Ayaks"dan xarid qilindi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!