So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova Tokio Olimpiadasiga litsenziya qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318
Vengriyaning Tseged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda. Biroz avval kanoechi qizlarimiz Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 500 metrga juftlik yo'nalishida kechgan bahsda Tokio Olimpiadasining yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Final bellashuvida yurtdoshlarimiz beshinchi bo'lib marra chizig'ini kesib o'tishdi. Reglamentga ko'ra, dastlabki sakkiz o'rinda marraga kelgan qayiq egalari kelasi yili Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega bo'lishar edi.
Kanoeda eshkak eshish, JCh. Vengriya
Juftlik, 500 metr:
1. Sun / Tsu (Xitoy) – 2:02.81
2. Takash / Balla (Vengriya) – 2:04.49
3. Klimova / Makarchanka (Belarus) – 2:07.74
4. Yan / Preller (Germaniya) – 2:08.18
5. Rahmatova / Zokirova (O'zbekiston) – 2:08.47
Shu tariqa terma jamoamizning Tokio-2020 Olimpiadasiga qo'lga kiritgan litsenziyalari soni 3 taga etdi. Bundan avval tennischimiz Denis Istomin hamda velosportchimiz Olga Zabelinskaya yo'llanma egalariga aylanishgan edi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi sportchi qizlarimiz, ularning yaqinlari va millionlab hamyurtlarimizni bunday muvaffaqiyat bilan muborakbod etib qoladi.
Ma'lumot uchun, qizlarimiz bugungi bellashuvlar davomida birozdan so'ng 200 metrga juftlik yo'nalishida ham finalda startga chiqishadi.