PSJ «Borussiya Dortmund» himoyachisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 532
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Rafael Gerreyru faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.
Paris United nashrining xabariga ko'ra, PSJ sport direktori Leonardo yaqin vaqt ichida futbolchining agentlari bilan uchrashadi. Futbolchining o'zi ham jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.
Ma'lumot uchun, 25 yoshli futbolchining transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Gerreyru 2016 yildan buyon “arilar” sharafini himoya qilib keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!