Dzyudochilarimizning muvaffaqiyatli yurishi davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1743
Tokioda o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha jahon chempionatining birinchi kunida dzyudochilarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Biroz avval -60 kilogramm vaznda kurashayotgan vakillarimiz ikkinchi davra bahslarini o'tkazishdi.
Dastlab Sharofiddin Lutfillaev quvaytlik Omar Alsufayrini ippon bahosi bilan mag'lub etgan bo'lsa, Diyorbek O'rozboev chexiyalik David Pulkrabekka hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Vakillarimiz chorak finalga chiqish uchun Xitoy Taipeyi va Avstraliya terma jamoasi a'zolariga qarshi bahs olib borishadi. Bu borada Diyorbek Yung Vei Yang, Sharofiddin Joshua Kats to'sig'idan o'tishi talab etiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!