A seriya. Gollar shousida «Napoli» «Fiorentina»ni mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418
Italiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan «Fiorentina» va «Napoli» jamoalari o'rtasidagi o'yinda muxlislar naq 7ta golga guvoh bo'lishdi. Tomonlar o'yin davomida hisobda quvlashmachoq o'ynashdi. Yakunda esa Anchelotti shogirdlari 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.
Darvoqe, uchrashuvning 78-daqiqasida Frank Riberi "Fiorentina" safida zaxiradan maydonga tushdi.
Italiya A seriyasi, 1-tur
Fiorentina – Napoli 3:4 (1:2, 2:2)
Gollar: 1:0 – 9, penalti Pulgar, 1:1 – 38 Mertens, 1:2 – 42, penalti Insine, 2:2 – 51 Milenkovich, 2:3 – 56 Kalexon, 3:3 – 65 Boateng, 3:4 – 67 Insine.
Fiorentina – Drongovski, Lirola, Milenkovich, Petstselya, Venuti, Pulgar, Badel (Benassi, 73), Kastrovilli, Sottil (Riberi, 78), Vlaxovich (Boateng, 61), Keza.
Napoli – Meret, Di Lorentso, Manolas, Kulibali, Mariu Ruy (Gulyam, 71), Kalexon, Zelinski, Allan (Elmaz, 72), Insine, Fabian Ruis, Mertens (Xyusay, 84).
Ogohlantirishlar: Allan (19), Kalexon (19), Mariu Ruy (24), Zelinski (90), Boateng (90), Petstselya (90).