Voleybolchimiz xalqaro turnirning eng yaxshi hujumchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385
Nepalning Katmandu shahrida voleybol bo'yicha Markaziy va Janubiy Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi. E'tiborlisi, unda ishtirok etgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Musobaqaning guruh bosqichida Bangladesh, Turkmaniston va Afg'oniston, yarim finalda Maldiv orollari termasi mag'lub etildi. Afsuski, hal qiluvchi bahsda qirg'izistonlik voleybolchilar 26:24, 27:25, 25:19 hisoblarida ustun kelishdi.
Chempionat yakuni bo'yicha “Eng yaxshi libero” va “Eng yaxshi hujumchi” sovrinlari O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Dilmurod Sattorov va Islomjon Sobirovga nasib etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!