Kamondan otish bo'yicha terma jamoamiz Evropa safariga jo'nab ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

Kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Evropa safariga yo'l oldi. 8 nafar sportchi va 3 murabbiydan iborat delegatsiyamiz “Ko'hna qit'a”da o'quv-mashg'ulot yig'inlari va xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi.
Dastlabki musobaqa Belarusning Brest shahrida 25-31avgust kunlari o'tkaziladi. Unda 20 ga yaqin mamlakat vakillari qimmatli reyting ochkolari va g'oliblik uchun kurash olib boradilar. Terma jamoamiz turnirdan so'ng shu shaharning o'zida 8 sentyabrgacha yig'in olib boradi. Shundan so'ng vakillarimiz Lvov (Ukraina) shahrida 9-15 sentyabr, Istambul (Turkiya)da 15-30 sentyabr kunlari o'quv-mashg'ulot yig'ini va xalqaro turnirda qatnashishadi.
Ta'kidlash joiz, ushbu yig'in va musobaqalar noyabr oyida Tailandning Bangkok shahrida o'tadigan Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi xalqaro musobaqaga tayyorgarlikning asosiy bosqich vazifasini bajarib beradi.

Bosh sahifaga
155