O'q otish sporti federatsiyasining Ijroqo'm tarkibi yangilandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 922
O'zbekiston o'q otish sporti federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Unda federatsiyaning yangi Ijroqo'm tarkibi va nazorat-taftish komissiyasini tuzish, federatsiya nizomiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish kun tartibiga qo'yilgan asosiy masala bo'ldi.
Yig'ilish tasdiqlangan kun tartibi asosida olib borildi va Ijroqo'm tarkibini saylash uchun nomzodlar ovozga qo'yildi. Ovoz berish yakunlariga ko'ra, quyidagi shaxslar O'zbekiston o'q otish sporti federatsiyasining Ijroqo'm tarkibidan joy olishdi:
Norinboev Oybek Kabiljanovich – O'zbekiston o'q otish sporti federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi rahbari. Qo'mita tarkibi:
1. Qodirov Doniyor Baxtiyorovich
2. Enaliev Ramiz Ravilevich
3. Rahimov Murodjon Karimjonovich
4. Saidov Aziz Ismoilovich
5. Mahmudov Isroil Ismoilovich
6. Xodjaev Anvar Odilovich
Ta'kidlash joiz, kecha ushbu sport turi bo'yicha terma jamoamiz vakillari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahriga yo'l olishdi. Ushbu shahar 26 avgustdan 3 sentyabrga qadar Jahon kubogining to'rtinchi bosqichiga mezbonlik qiladi. Musobaqada ishtirok etayotgan terma jamoamiz vakillariga omad yor bo'lsin, deb qolamiz.