Dzyudo bo'yicha jahon chempionatiga qur'a tashlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293
Ertaga Yaponiyaning Tokio shahrida dzyudo bo'yicha navbatdagi jahon chempionati start oladi. Kelasi yili ushbu shaharda o'tadigan Olimpiya o'yinlariga eng yirik litsenzion ochkolarni taqdim qiladigan musobaqa hamyurtlarimizning diqqat-markazida bo'lishi tabiiy. Zero, unda termamizning 11 nafar vakili g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Biroz avval musobaqaga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, hamyurtlarimiz dastlabki bellashuvlarini quyidagi raqiblarga qarshi o'tkazishadi:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev – Muhammad Rashnonezxad (XDF)
-60 kg: Diyorbek O'rozboev – Adonis Dias (AQSh)
-66 kg: Shahram Ahadov – Marko Tolinanteniana (Madagaskar)
-66 kg: Sardor Nurillaev – Ayyub Al Adrissi (Qatar) / Indrit Kullxaj (Albaniya)
-73 kg: Hikmatilloh To'raev – Muhammad Moheldin (Misr) / Xorxe Fernandesh (Portugaliya)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev – Nikon Zaboroskius (Moldaviya)
-90 kg: Yahyo Imomov – Markus Niman (Shvetsiya)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Peter Paltchik (Isroil)
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – Vladislav Tsiarpitski (Belarus) / Shakarmamad Mirmamadov (Tojikiston)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Xuana Diogo (Portugaliya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Nihol Landosi (Tunis)
*XDF – Xalqaro dzyudo federatsiyasi bayrog'i ostida kurashadigan vakil.