«Barselona» rahbariyati Dembelega jiddiy tanbeh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 570

"Barselona" sport direktori Erik Abidal hujumchi Usmon Dembelening agenti Mussa Sissoko bilan uchrashdi. Bu haqda Catalunya Ràdio xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" vakili Sissoko bilan jiddiy ohangda gaplashdi va 22 yoshli futbolchining o'zining tutishiga e'tiroz bildirdi. Agar Dembele "Kamp Nou"da o'ynashda davom etishni istasa, klub futbolchidan o'zining xatti-harakatlari va xulqini o'zgartirishni so'radi.
Eslatib o'tamiz, Dembele "Atletik"ga qarshi o'yinda (0:1) olgan jarohatini jamoa murabbiylar shtabidan yashirdi. Uning tiklanishi uchun 5 hafta vaqt ketadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389