La liga. «Sevilya» va «Levante» g'alaba qozonishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 465

Ispaniya La ligasining 2-turiga start berildi.
«Sevilya» safarda «Granada» mehmoni bo'lib, kichik hisobda g'alaba qozondi. Andalusiyaliklar o'z ochkolarini 6 taga etkazib oldi.
«Levante» va «Vilyarreal» jamoalar o'rtasidagi o'yin taqdirini penaltilar hal qildi. "Sariq suvosti kemasi" uchrashuvning 3-daqiqasida Jerar Morenoning goli evaziga hisobni ochdi.
Ikkinchi bo'limda esa hakam Xose Munuera Montero mehmonlar darvozasiga 7 daqiqa ichida 3ta penalti belgiladi. 66-daqiqada belgilangan dastlabki 11 metrli jarima zarbasidan Xose Luis Morales foydalana olmagan bo'lsa, 68 va 73-daqiqalarda Roxer Marti penaltilardan foydalanib, "dubl"ga erishdi.
Ispaniya chempionati, 2-tur
Granada – Sevilya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 52 Jordan.
Granada – Ruy Silva, Dias, Duarte, Xerman Sanches, Kini, Eteki (Ramos, 85), Montoro, Puertas, Viko (Fernandes, 60), Vadilo (Machis, 59), Soldado.
Sevilya – Vatslik, Navas, Diego Karlos, Karrisu, Regilon (Eskudero, 20), Jordan (Vaskes, 86), Fernando, Okampos, Banega (Gudel, 64), Nolito, de Yong.
Ogohlantirishlar: Xerman Sanches (45), Fernando (61).
Levante – Vilyarreal 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 3 Jerar Moreno, 1:1 – 68, penalti Roxer Marti, 2:1 – 73, penalti Roxer Marti.
Levante – Fernandes, Koke, Vezu, Postigo, Tono, Kampanya, Vukchevich, Bardi, Rochina (Ernani, 64), Leon (Roxer Marti, 63), Morales (Miramon, 84).
Vilyarreal – Fernandes, Mario Gaspar, Albiol (Trigeros, 88), Pau Torres, Alberto Moreno, Iborra, Kasorla, Chukvueze, Moyses Gomes (Ontiveros, 75), Toko-Ekambi (Bakka, 74), Jerar Moreno.
Ogohlantirishlar: Fernandes (67), Albiol (70), Vukchevich (80).

Bosh sahifaga
389