Ronaldu: «Barselona»ga o'tishim mumkin edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 564

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2003 yilda "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqida aytib o'tdi.
"O'sha paytda "Arsenal"ga o'tish borasida Arsen Venger bilan gaplashgan edim. Shuningdek, "Barselona" bilan ham muzokara o'tkazilgan edi va bu muzokara muvaffaqiyatli yakunlanishi mumkin edi. Menga "Real" va "Inter" klublari ham qiziqish bildirgan edi. Ammo "Manchester Yunayted"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan keyin vaziyat o'zgarib ketdi. Ular ajoyib taklif bilan chiqib, meni sotib olishgan edi", - dedi Ronaldu Goal nashriga bergan intervyusida.
Ronaldu 2003 yilda 18 yoshida 19 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389