«Atletiko» «Udineze» yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345
De Paul "A" Seriyani tark etishi mumkin.
AS xabariga ko'ra, "Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo De Paul Madridning "Atletiko" jamoasiga o'tishi mumkin.
25 yoshli argentinalik futbolchi bilan shaxsan bosh murabbiy Diego Simeone qiziqmoqda.
Transfer Madrid klubiga 35 million evroga tushishi mumkin.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda De Paul "A" Seriyaning 36 uchrashuvida 9 ta gol va 9 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!