«Liverpul» texnik homiysini almashtiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 592
"Liverpul" kelasi mavsumdan boshlab Nike bilan hamkorlikni boshlashi mumkin.
Mirror tarqatgan xabarga ko'ra, tomonlar APL uchun rekord miqdordagi shartnoma imzolashi kutilmoqda. Hozirda bu rekord "Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lib, bu jamoa Adidas bilan hamkorlik orqali yiliga 83 million evro daromad oladi.
"Liverpul"ning hozirgi texnik hamkori New Balance hisoblanadi. Ammo AQSh kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma kelasi yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!