Muxlislar Neymarni haqorat qilgani uchun Liga 1 «PSJ»ni jazoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 610

Frantsiya chempionatining 1-turi doirasida bo'lib o'tgan "Nim"ga qarshi o'yinda (3:0) "PSJ" muxlislari haqoratli so'zlar yozilgan banner ko'tarishgan edi.
Muxlislar tomonidan ko'tarilgan bannerda "Neymar Casse Toi" (Neymar, yo'qol") va "Neymar hijo de puta" (Neymar — fohisha) deb yozilgan edi. Bundan tashqari, mezbon jamoa ishqibozlari mazkur uchrashuvda pirotexnika vositalaridan ham foydalanishdi.
Frantsiya professional futbol ligasi tartib-intizom qo'mitasi mazkur holatni o'rganib chiqib, o'z qarorini e'lon qildi. Unga "Pari Sen-Jermen" 2000 evro miqdorida jarima to'laydigan bo'ldi.
Barcha fikrlar: 1


Nimaga xaqorat qilibdi
22 Avgust 2019, 15:50
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215