Mukofot jamg'armasi 12.000 evro bo'lgan shaxmat festivali Toshkentda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 523

Joriy yilning 20-30 sentyabr kunlari, poytaxtimiz Toshkentda Markaziy Osiyo Shaxmat festivali bo'lib o'tadi. Unda Markaziy Osiyoning, jumladan, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmasniston, Qozog'iston, Afg'oniston hamda O'zbekistondan eng kuchli shaxmatchilar o'rtasida musoba rejalashtirilgan.
O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabari ko'ra, mukofot jamg'armasi 12.000 Evro bo'lgan ushbu musobaqa, shaxmatchilar uchun reytingli ekani bilan ham ahamiyatli. O'g'il bolalar o'rtasida chempionlikni qo'lga kiritadigan g'olibga 3000 evro, qizlar o'rtasida mutloq chempionga esa 1500 evro mukofot puli belgilangan.
FIDE, RosATOM hamda O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi hamkorligida o'tkazilayotgan ushbu musobaqada 20 yoshgacha bo'lgan, 1800 (o'g'il bolalar uchun), 1600 (qiz bolalar uchun) reyting ballidan kam jamg'armagan shaxmatchilar qatnashish uchun ariza berishlari mumkin.
9 turdan iborat bahslarda har qatnashuvchiga, partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt beriladi.
To'liqroq ma'lumotni O'zbekiston Shaxmat federatsiyasining rasmiy saytida www.uzchess.uz dan olishingiz mumkin.

Bosh sahifaga
201