Sakkiz nafar bokschimiz Grozniy turnirining yarim finaliga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 452

Ayni kunlarda Rossiyaning Grozniy shahrida boks bo'yicha xalqaro turnir davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi vakillari o'zlarining ajoyib harakatlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'lishyapti. O'tkazilgan navbatdagi kun bellashuvlari ham vakillarimiz uchun omadli keldi. O'z vazn toifalarida Bahodir Jalolov hamda Elnur Abduraimov raqiblarini birinchi raundning o'zidayoq nokautga uchratib, kechaning chiroyli g'alabalaridan biriga mualliflik qilishdi. Shu tariqa chorak final yakunlari bo'yicha 8 nafar bokschimiz final uchun jang olib boradigan bo'ldilar.
-52 kg: Foziljon Abdumurodov – Samat Jetibaev (Qozog'iston) 4:1
-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Adam Temiraliev (Rossiya) 5:0
-64 kg: Elnur Abduraimov – Umar Magomadov (Rossiya) (1-raundda nokaut)
-69 kg: Jahongir Rahmonov – Beslan Xamzaev (Rossiya) 2:3
-75 kg: Mahmud Gaipov – Amin Kushov (Ozarbayjon) 0:5
-75 kg: Bahrom Fozilov – Elchin Nuriev (Ozarbayjon) +:-
-91 kg: Timur Ergashev – Magomedmurad Arslanbekov (Rossiya) 0:5
-91 kg: Madiyar Saidrahimov – Bekxan Saydullaev (Rossiya) 5:0
+91 kg: Obidjon Tohirov – German Skobenko (Ukraina) 5:0
+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Bitiev (Rossiya) (1-raunddan so'ng g'alaba).
Eslatib o'tamiz, -81 kg vazn toifasidagi Kozimbek Mardonov kuni kecha yarim final yo'llanmasini birinchi bo'lib qo'lga kiritgan edi.

Bosh sahifaga
203