«Inter» Ikardini «Napoli»ga qo'yib yuborishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338
“Inter” hujumchisi Mauro Ikardi “Napoli”ga o'tishga yaqin. Bu haqida Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, milanliklar futbolchini “Napoli”ga 26 million evroga qo'yib yuborishga rozi bo'lgan.
Avvalroq, Ikardi “Inter”ni faqat “Yuventus”ga almashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Uning transferi bilan agenti va ayoli Vanda Nara shug'ullanadi. Futbolchiga shuningdek, “Monako” klubi ham qiziqmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!