Keylor Navas «Real»ni tark etishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414
"Real" darvozaboni Keylor Navas yozda jamoani tark etishni istamoqda. Futbolchi klub rahbariyatiga murojaat qilib, o'zining boshqa jamoaga o'tishini tashkil etishlarini so'radi.
Darvozabon boshqa jamoa safida doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda. Navas yangi boshlangan mavsumda ham "Real"da zaxirada qolib ketishiga ishonmoqda.
Avvalroq kosta-rikalik o'yinchiga "PSJ" qiziqish bildirgandi, ammo parijliklar keyinchalik o'z e'tiborlarini "Milan" posboni Janluijji Donnarummaga qaratishdi.
Madridliklar esa Navasni bepul qo'yib yubormoqchi emaslar, uni yaxshigina pulga sotishlari mumkin. Keylor 2014 yilda 10 million evro evaziga "Levante"dan "Real"ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!