«Barselona» Dembeleni jarimaga tortishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 487
«Barselona» klubi "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yindan keyin tibbiy ko'rikdan o'tishdan bosh tortgani uchun Usmon Dembeleni jazolashi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Agar 22 yoshli futbolchi o'zining jarohatini shifokorlardan ongli ravishda yashirgan bo'lsa, bu La liga va Ispaniya futbolchilar assotsaitsiyasi qoidalariga ko'ra qo'pol qoidabuzarlik hisoblanadi.
Bunday holatda futbolchi 11 kundan 30 kungacha o'yinlardan chetlatilishi mumkin va bu davr mobaynida unga maosh to'lanmaydi. Natijada futbolchi 360 ming evrodan 1 million evrogacha daromadidan mahrum bo'ladi.
Frantsiyalik futbolchi o'yinlardan chetlatilmasa ham 215 ming evro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Agar u qo'pol qoidabuzarlikka yo'l qo'ygan bo'lsa, bir oylik maoshining 25 foizi miqdorida jarimaga tortiladi.
Dembele dushanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tganidan keyin uning chap oyog'i son qismidagi mushagi lat egani aniqlandi. Uning tiklanishi uchun 5 hafta vaqt kerak bo'ladi.