«Andijon» «Paxtakor»ga qarshi tayyorgarlikni bugundan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429

18 avgust kuni "Navbahor" jamoasiga qarshi uchrashuvdan so'ng "Andijon" futbolchilari qisqa muddatli ta'tilga yo'l olishgandi.
Bugun, ya'ni, 21 avgust kuni "Andijon" futbolchilari Andijon shahridagi sport qarorgohiga yig'iladi va keyingi turda bo'lib o'tadigan "Paxtakor" - "Andijon" uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Besh kun mobaynida Andijon shahrida tayyorgarlik olib boradigan Aleksandr Xomyakov shogirdlari 26 avgust kuni poytaxtimizga yo'l olishadi.
Eslatib o'tamiz, "Coca Cola" Superligasining 18-tur doirasida bo'lib o'tadigan "Paxtakor" - "Andijon" jamoalari o'rtasidagi bahs 27 avgust kuni Toshkent shahridagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343