Voleybolchilarimiz xalqaro musobaqaning yarim finaliga yo'l olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 427

Shu kunlarda Nepalning Katmandu shahrida voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida Janubiy va Markaziy Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqada guruh bosqich bellashuvlari o'z yakuniga etdi.
E'tiborlisi, unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz guruhdagi barcha bahsda g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Musobaqa doirasida dastlab Bangladesh, keyin Turkmaniston va bugun Afg'oniston terma jamoalari 3:0 hisobida taslim etildi. Turnir davomida birorta ham partiyani boy bermayotgan hamyurtlarimiz yarim final o'yinini Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318