Paralimpiya assotsiatsiyasining yangi rahbari mashg'ulotlarni yaqindan kuzatmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257

O'zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi yangi raisi Muxtorxon Tashxodjaev Tokio-2020 Paralimpiya O'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha sportchilar bilan yaqindan tanishmoqda.
Xabaringiz bor, joriy yilning 19 avgust kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasida Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjaev tashkilotning yangi raxbari etib saylangan edi.
Bugun Toshkent shahrida joylashgan Paralimpiya markazida para-dzyudochilarimiz olib borayotgan o'quv-mashg'ulot yig'iniga assotsiatsiyaning yangi raxbari Muxtorxon Tashxodjaev tashrif buyurdi va terma jamoamiz a'zolarining tayyorgarlik jarayonini kuzatdi. Mashg'ulot davomida para-dzyudo bo'yicha bosh murabbiy Shamsiddin Saidov yangi raxbarga sportchilarni birma-bir tanishtirib o'tdi. Ta'kidlash joiz, para-dzyudochilarimiz ayni paytda 2-9 sentyabr kunlari Qozog'istonda bo'lib o'tadigan Osiyo-Okeaniya chempionatiga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Uchrashuv yakunida Muxtorxon Tashxodjaev chempionatda ishtirok etadigan paralimpiya sportchilariga omad va zafarlar tiladi.

Bosh sahifaga
189