«Barselona» Suaresni «Yuventus»ga taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 570

"Barselona" hujumchisi Luis Suares "Yuventus"ga o'tishi mumkin. Bu haqda TuttoJuve xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi "ko'k-anorranglilar" vakillari bilan muzokara o'tkazdi. "Barselona" "PSJ" forvardi Neymarni qo'lga kiritadigan bo'lsa, urugvaylik hujumchini turinliklarga sotishga tayyor. "Yuventus" esa Suaresni xarid qilish uchun Paulo Dibala, Mario Manjukich yoki Gonsalo Iguainni sotishi kerak.
32 yoshli Suares 2014 yildan beri "Barselona" sharafini himoya qiladi. U kataloniyaliklar safida 248ta o'yinda maydonga tushib, ularda 177ta gol urdi va 96ta golga uzatma berdi. Uning "Barsa" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
140