«Dinamo»ning sobiq yarim himoyachisi faoliyatini Segundada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 349
Serbiya terma jamoasining sobiq futbolchisi faoliyatini rasman Ispaniya chempionatida davom ettiradi.
Markaziy yarim himoyachi Radosav Petrovich "Sporting"dan "Almeriya"ga ko'chib o'tdi, deya xabar beradi Ispaniya klubining rasmiy sayti. Shartnoma 2022-yilning yoziga qadar imzolangan.
30 yoshli Petrovich "Sporting" tomonidan 2016-yilning yozida Kievning "Dinamo" klubidan 1 mln evro evaziga sotib olingan edi. Keyinchalik u "Rio Ave" safida ijarada to'p surdi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda u "Sporting" safida barcha uchrashuvlarda 23 ta o'yin o'tkazgan va 7 ta sariq kartochka olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!