Senegal terma jamoa darvozaboni Italiyadan Frantsiyaga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 344
Afrika kubogi-2019 finalchisi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradi.
Frantsuz klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, Alfred Gomis endi "Dijon" darvozasini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Gomis "Torino" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Faoliyati davomida u "Krotone", "Avellino", "Chezena", "Bolonya", "Salernitana" va SPAL jamoalarida to'p surgan.
Ma'lumot o'rnida, darvozabon o'tgan mavsumda "A" Seriyada 20 ta o'yin o'tkazgan va 27 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!