TsSKA «Sevilya» himoyachisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410
"Barselona" tarbiyalanuvchisi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.
Moskvaning TsSKA klubi "Sevilya"ning markaziy himoyachisi Serxi Gomesga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi EL Desmarque. "Qizil ko'klar" futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining o'zi "Sevilya"ni tark etmoqchi.
Ta'kidlanishicha, oldinroq Sergi "Atalanta", "Valyadolid" va "Valensiya" takliflarini rad etgan.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan yili 27 yoshli himoyachi "Sevilya" safida 48 ta uchrashuv o'tkazgan va 1 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Shuningdek, Serxining Ispaniya klubi bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!