Riberi bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 396
Frantsiyalik yarim himoyachi Frank Riberi kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, 36 yoshli futbolchi faoliyatini “Fiorentina”da davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, futbolchiga “Lokomotiv” qiziqayotgan edi.
Manbaning xabariga ko'ra, Riberi oilasi sababli Italiyaga ko'chib o'tishga qaror qilgan.
Ma'lumot uchun, Riberi faoliyati davomida “Bavariya”, "Marsel", “Galatasaroy”, “Metts”, “Breste”, “Ales” va “Bulon” jamoalari safida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!