Bokschilarimiz Grozniy turnirini ishonchli g'alabalar bilan boshlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394

Rossiyaning Grozniy shahrida boks bo'yicha Checheniston Respublikasi birinchi prezidenti Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir start oldi. Xabar berganimizdek, mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
O'tkazilgan birinchi kun janglari bo'yicha 5 nafar vakilimiz ringga chiqdi va ularning barchasi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Sabar Bishara (Isroil)
-64 kg: Elnur Abduraimov – Emir Basirov (Rossiya)
-81 kg: Kozimbek Mardonov – Rishat Bakirov (Rossiya)
-91 kg: Timur Ergashev – Vitold Lisek (Polsha)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov – Salax Mutsulxanov (Rossiya)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287