"Espanol" "Atletiko" hujumchisi bilan qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 320
Kalinich klubni tark etishga yaqin turibdi.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Nikola Kalinich Kataloniya klubi qiziqishi doirasiga tushib qolgan.
Poytaxt klubi 31 yoshli xorvatiyalik futbolchini kamida 15 mln evrodan kam qiymatga sotmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Kalinichga "Sevilya" va "Fenerbaxche"dan qiziqish borligi haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda xorvat La Liganing 17 ta o'yinida 2 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!