Koutino: «Yangi jamoadoshlarim bilan birga maqsadga erisha olaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362
Braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino “Barselona”dan “Bavariya”ga ko'chib o'tdi. Futbolchi yangi jamoasi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
“Bu yangi davlatdagi yangi chaqiruv. Men Evropaning eng yaxshi klublaridan biriga keldim. Xuddi “Bavariya”da bo'lgani kabi menda ham ulkan maqsadlar bor. Ishonchim komilki, yangi jamoadoshlarim bilan birga maqsadga erisha olaman”, - deydi Koutino.
Eslatib o'tamiz, “Bavariya” futbolchini sotib olish sharti bilan 1 yilga ijaraga oldi. Yangi jamoasida Koutino 10-raqamda to'p suradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!