«Inter» Sanches transferi borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357
“Manchester Yunayted” futbolchisi Aleksis Sanches yaqin vaqt ichida “Inter” a'zosiga aylanadi.
Italiya matbuotining xabariga ko'ra, tomonlar futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. “Inter” futbolchini 15 million evroga sotib olish sharti bilan 1 yilga ijaraga oladi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Sanches “MYu” safida 2018 yildan buyon to'p suradi. U 45ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va 9ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!