Leroy Sane operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 655

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
Operatsiyani Kristian Fink ismli vrach o'tkazdi. Avvalroq ushbu jarroh "Bavariya"ning ikki futbolchisi — Lyuka Ernandes va Korenten Tolissoni operatsiya qilgan edi.
Hozirda Sane Avstriyadagi klinikada bo'lib turibdi. Uning shifoxonadan qachon chiqishi ma'lum emas.
"Siti" futbolchisi qancha muddatda maydonga qaytishi aniq emas, ammo Pep Gvardiola uning fevral-mart oylarida safga qaytishini kutmoqda.
Avvalroq "Bavariya" Saneni qo'lga kiritish uchun jiddiy harakat qilayotgan edi, ammo futbolchi jarohat olganidan keyin myunxenliklar bu harakatni to'xtatishdi.
Leroy Angliya superkubogi doirasida "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda tizza bog'lamida uzilish ro'y bergan edi.

Bosh sahifaga
315