Dani Alvesning goli «San-Paulu»ga g'alaba keltirdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 480

Dani Alves "San-Paulu" tarkibidagi dastlabki o'yinida gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Braziliya chempionatining 15-turi doirasida bo'lib o'tgan "Seara"ga qarshi o'yinning 40-daqiqasida Alves jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi. Ushbu gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli futbolchi yozgi transfer paytida erkin agent sifatida "San-Paulu"ga o'tib, 2022 yilgacha bo'lgan shartnomaga imzo chekkan edi.
Alves yangi jamoasi safida hujum ortida o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321