De Bryuyne: "Tottenhem" bilan o'yinda erisha olmagan yagona narsamiz - 3 ochko"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne o'z holatini ma'lum qildi.
"O'zimni yaxshi his qilyapman, yaxshilanib boryapman. Bu mavsumning boshlanishi, xolos, ba'zan qiyin bo'ladi, biroq o'zimni yaxshi sezyapman. Bu mavsumda hammasi yaxshi bo'ladi.
"Tottenhem" bilan o'yinga kelsak (2:2), biz yaxshi o'ynadik, g'alabaga munosib edik deb o'ylayman. Jamoa juda yaxshi o'ynadi, hujumda o'zimiz xohlagandek o'ynadik. Uch ochko ololmadik, ammo bu bizga etishmagan yagona narsa bo'ldi. Har o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz, ammo bu juda qiyin", - deydi De Bryuyne.
Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsumda jarohati tufayli APLning 11 o'yinida ishtirok etdi, xolos.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
342