Koutino «Bavariya»da! U qaysi raqamda o'ynaydi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 644

«Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino «Bavariya»da tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun Myunxenga keldi.
Ma'lum bo'lishicha, 27 yoshli xavbek yangi jamoasida 10-raqamda o'ynaydi. Myunxenliklarning texnik hamkori hisoblangan Adidas kompaniyasi o'zining instagramdagi sahifasi orqali futbolchining familiyasi va raqami tushirilgan futbolka suratini e'lon qildi.
Nemislar bir yillik ijara uchun «Barsa»ga 8,5 mln evro to'lashgani aytilmoqda. Shuningdek, Filippening 1 yillik maoshi – taxminan 12 mln evro ham xaridor klub zimmasida bo'ladi.
Klublar o'rtasidagi kelishuvda «Bavariya» Koutinoni 120 mln evroga to'la transfer qilish huquqiga egaligi qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, «Barsa» braziliyalik yarimhimoyachini 2018 yil yanvarida «Liverpul»dan 120 mln evroga sotib olgan, xarid bitimida yana 40 million evro bonus shaklida to'lanishi mumkinligi belgilangan edi.

Bosh sahifaga
208