Superliga. «Bunyodkor» qiyinchilik bilan g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379

Coca Cola Superliganing 17-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
O'tgan turning markaziy bahsida mag'lubiyatga uchragan «Bunyodkor» o'z uyida «Metallurg»ni qabul qildi. Qiyin uchrashuvda muhim g'alaba qo'lga kiritdi. O'yinda katta ustunlikka ega bo'lgan futbolchilarimiz raqib himoyachsini yorib o'tishga qiynaldi, ayniqsa birinchi bo'limda. Tanaffusdan keyin o'zgartirilgan taktika sababli futbolchilarimiz Aleksandr Lobanov qo'riqlagan darvoza oldida ko'p marta paydo bo'lishdi. Nihoyat 75-daqiqada ketma-ket uyushtirilgan hujumlar o'z samarasini berdi. Avvaliga katta tezlikda o'ng qanotdan jarima maydoniga yaqinlashgan Javohir Qahramonov kuchli, burama zarbasi bilan darvozani nishonga oldi. To'p ustunga tegib maydonga qaytdi. Qaytgan to'pga hammadan oldin etib kelgan Xurshid G'iyosov engil harakatlari bilan to'pni oyog'iga mosladi va darvozani nishonga oldi. Mazkur gol yakunda o'yin taqdirini hal qildi.
Coca Cola Superliga. 17-tur
«BUNYoDKOR» - «METALLURG» - 1:0 (0:0)
18 avgust. Toshkent. «Jar» stadioni. 2162 tomoshabin.
Bosh hakam: Vadim Agishev.
Qanot hakamlari: Temur Gaynullin, Doniyor Saylavov.
Zaxiradagi hakam: Shuhrat Rajabov.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev.
Komissar: Zohir Akramxonov.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Anvar G'ofurov, Dilshod Ahmadaliev, Xurshid G'iyosov, Lutfulla To'raev, Mirjahon Mirahmadov (Javohir Qahramonov, 67), Sanjar Qodirqulov (Boburbek Farhodov, 82), Nurillo To'xtasinov, Shohruh Gadoev, Abdulla Abdullaev, Sanjar Tursunov (Sanjar Rixsiboev, 73).
«Metallurg»: Aleksandr Lobanov, Abbosjon Otaxonov, Suhrob Nurilloev, Bahrom Abdurahimov, Muzaffarjon Muzaffarov, Xudoyshukur Sattorov (Ibrohim Yo'ldoshev, 80), Kamoliddin Tojiev (Server Jeparov, 54), Stanislav Andreev, Akbarjon Ismatullaev, Bahodir Pardaev, Andrey Shipilov (Shavkatjon Mullajonov, 75).
Gol: Xurshid G'iyosov, 75 – 1:0.
Ogohlantirish: Mirjahon Mirahmadov, 48.

Bosh sahifaga
209