«Rostov» mavsumda ilk marta yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 497

Rossiya chempionatining 6-turi doirasida "Rostov" safarda "Ufa" klubi mehmoni bo'lib, ushbu mavsumda ilk marta mag'lubiyat alamini tortdi.
Birinchi bo'lim tugash arafasida Igboun hisobni ochishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa, o'yin tugashiga 11 daqiqa qolganida nigeriyalik futbolchining o'zi rostovliklar darvozasini ishg'ol qildi.
O'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlab, bahs oxirigacha maydonda harakat qildi.
Rossiya premer-ligasi, 6-tur
Ufa – Rostov 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 40 Igboun, 2:0 – 79 Igboun.
Ufa – Belenov, Suxov, Tabidze, Putsko, Nedelcharu, Fomin, Aliev (Yokich, 62), Karp, Giorgobiani, Emelyanov (Golubev, 77), Igboun (Kozlov, 82).
Rostov – Pesyakov, Chistyakov (Xadjikadunich, 75), Sigurdsson, Kozlov, Chernov, Zuev (Saplinov, 56), Ionov, Glebov, Normann, Popov (Eremenko, 46), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Glebov (18), Emelyanov (22), Pesyakov (40), Sigurdsson (73), Suxov (89), Yokich (90).

Bosh sahifaga
231