Angliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi butsalarini mixga ildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 497

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Eshli Koul 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Londonning "Arsenal", "Kristal Pelas", "Chelsi", "Roma", "Los-Anjeles Gelaksi" va "Derbi Kaunti" jamoalarida o'ynagan Eshli Koul iste'foga chiqishini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, himoyachi APLda 384 ta o'yinda 15 ta gol, Chempionlar Ligasida 109 ta o'yinda 1 ta gol urgan va Angliya terma jamoasida 107 ta o'yin o'tkazgan.
Koul uch marta Angliya chempionligini, bir marotabadan - Chempionlar Ligasi, Evropa Ligasi va Angliya liga kubogini, 7 marta Angliya kubogini, 6 marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203