Levandovski Koutinoga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 870

Myunxen klubi hujumchisi Robert Levandovski braziliyalik qanot yarim himoyachisi Filippe Koutino haqida fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" futbolchini "Barselona" dan 2019/20 yilgi mavsumga ijaraga olgan edi, yaqin orada Koutino Myunxenda tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnomaga imzo qo'yadi.
"Menimcha, unga bizning tizim va g'oyalarimizga moslashish uchun ko'p vaqt kerak bo'lmaydi. Koutino hech bir muammosiz jamoaga moslashib keta oladigan turdagi o'yinchi », - deya Levandovskining so'zlaridan iqtibos keltirdi Goal.
Ma'lumot uchun "Bavariya" Germaniya Bundesligasida yangi mavsumni "Gerta" bilan 2:2 hisobidagi durang bilan boshladi.
Avvalroq, Niko Kovach jamoasi Germaniya Superkubogi uchun bahsda Dortmundning "Borussiya" klubidan 0: 2 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi.

Bosh sahifaga
214