Ortiqcha vaznli Lukaku o'zining «press»ini ko'rsatdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 419
«Inter» klubining yangi futbolchisi Romelu Lukaku hozirda ortiqcha vaznga ega bo'lgani uchun A seriyaning 1-turi doirasida bo'ladigan «Lechche»ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.
Shundan so'ng belgiyalik futbolchi o'zining qorin qismida "press"ini suratga tushib, Instagramdagi sahifasiga qo'ydi va unga: «Semiz odam uchun yomon emas», – deya imzo chekdi.
Eslatib o'tamiz, «Inter» Lukakuni 65 million evro evaziga «MYu»dan sotib olib, o'z tarixida rekord transferni amalga oshirgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!