APLning bo'ljak yulduzlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 890
Dunyoning eng kuchli birinchiligi sifatida tan olingan APL jamoalari o'z tarkibini kuchli futbolchilar bilan to'ldirishga katta urg'u berayotganidan xabaringiz bor. Shunday bo'lsada, chempionatda bir nechta yosh bo'lsada, iqtidorli futbolchilar mavjud. Bugun ana shunday kelajagi porloq futbolchilar haqida so'z boradi.
Mount – «Chelsi»
Lempard tomonidan klubga taklif etilgan futbolchining o'yinlari kishini quvontirmoqda. Uning top bilan munosabatda bo'lishi, va maydonni ko'ra olishi borasida hech kimda shubha yo'q. Mount jismonan juda kuchli. Uning jussasi kichik bo'lsada, jismoniy tayyorgaligi harqanday insonni hayron qoldirishi turgan gap. Bundan tashqari futbolchining tezligi ham havas qilsa, arzigulik holatda. Agarda futbolchi o'sishda davom etsa, kelajakda klubning ikkinchi Lempardiga aylanishi mumkin.
Buning uchun futbolchiga ko'proq o'yin amaliyoti taqdim etish lozim. Shunday bo'lsada, agar jamoa rulida Lempard muqim joy ola bilsa, futbolchining maydongi tushishi borasida hech qanday muammo bo'lmasligi turgan gap.
Fil Foden – «Manchester Siti»
Yana bir iqtidorli yigitchaning imkoniyatlari yangi mavsumda to'liq ochilishi mumkin. O'tgan mavsumda bir necha bor zahiradan maydonga tushgan bo'lsada, yulduzli «Man Siti»da o'z o'rnini ushlab qolgan futbolchi haqida to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi.
Gvardiola singari talabchan murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq amalga oshirish orqali sekin-asta asosiy tarkibga kirib borayotgan yosh futbolchiga qoyil qolmasdam ilojingiz yo'q.
Foden yosh bo'lishiga qaramasdan, o'ziga ishongan futbolchi maydonni juda yahshi ko'ra oladi. Bundan tashqari uning uzun va qisqa paslarining deyarli 95 foiz manziliga aniq etib borishini alohida qayd etish lozim. Agarda Pep Fil Fodenga ishonch bildirsa, yangi mavsumda u ijrosidagi fantastik o'yinlarni guvohi bo'lishimiz mumkin.
Daniel Jeyms
Yangi mavsum oldidan «Suonsi» klubidan xarid qilingan uelslik yosh futbolchi mavsum kashfiyoti bo'lishga haqli.
Bir qarashda ko'z tashlanmaydigan transfer bo'lib ko'ringan Daniel Jeyms klub uchun katta foyda keltirishi hech gap emas. Gap shundaki, uning potentsiyali juda yuqori bo'lib, buni Sulsher ochib bera olsa, bo'lgani. Uelslik futbolchi hujumko yarim himoyachi, qanot yarim himoyachisi va hujumchi ortida ham birdek kuchli o'yin namoyish eta oladi. BUndan tashqari uning ajoyib tezligini ham alohida qayd etish joiz. Futbolchi aynan uzoq masofaga kroslari orqali ommaga juda tez tanilib ketdi. «Chempionship»dagi ilk mavsumidayoq 4 gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan yarim himoyachi ijro etgan paslarning 84 foiz aniq etib borgani hayratlanarli. Agarda, Sulsher futbolchiga imkon bersa, Daniel Jeyms bundan unumli foydalanishiga ishonchimiz komil.
Allan San Maksimen – «Nyukasl»
22 yoshlik futbolchining Frantsiya chempionatida o'z tehnikasi bilan muxlislarning e'tiborini qozongan edi. O'tgan mavsumda Maksimen dribling borasida faqatgina Neymardangina ortda qoldi xolos. Futbolchi nafaqat tehnika balki tezlik va jismoniy tayyorgarlik borasida ham maqtana oladi.
Agarda «Nyukasl» jamoasi Maksimenga maydon bo'ylab erkinlikni ta'minlab bersa, futbolchi o'zini to'liq namoyish etishi mumkin.