Aduris Messi bilan tenglashib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 496
Ispaniya La ligasi yangi mavsumining dastlabki o'yinida "Atletik" o'z uyida "Barselona"ni qabul qilib, minimal hisobda g'alaba qozondi.
O'yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida bilbaoliklar hujumchisi Arits Aduris chalqancha uslubdagi zarba bilan "Barsa" darvozasini ishg'ol qildi.
Mazkur gol orqali bask futbolchisi Lionel Messi bilan tenglashib oldi. Har ikkala futbolchi ketma-ket 15 mavsumdan beri La ligada gol urib kelmoqda. Bu haqda OptaJose xabar tarqatdi.
38 yoshli futbolchi faoliyati davomida Ispaniya chempionati doirasida 429ta o'yinda maydonga tushib, 157ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!