«Liverpul» muxlisi darvozabon Adrianni jarohatladi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451
«Liverpul» darvozaboni Adrian Angliya chempionatining 2-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Sautgempton»ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmasligi mumkin.
Gap shundaki, mersisaydliklar chorshanba kuni «Chelsi»ga qarshi Evropa superkubogi bahsini o'tkazishdi. Darvozabon o'yindan keyin o'tkazilgan penalti seriyasining so'nggisini qaytardi va "Liverpul"ga g'alaba keltirdi.
Jamoa futbolchilari va murabbiylari g'alabani nishonlayotgan paytda muxlislardan biri maydonga yugurib chiqdi va g'alabani nishonlayotgan futbolchilar oldiga kelib sirpanib ketdi. Natijada u oyog'i bilan Adrianga urilib, uning to'pini jarohatladi. Kloppning ta'kidlashicha, posbonning to'pig'i ishib ketgan.
Eslatib o'tamiz, APLning 1-turi doirasida «Norvich»ga qarshi o'yinda0 (4:1) «Liverpul» asosiy darvozaboni Alison Bekker jarohat olib, 4-6 haftaga safdan chiqqan edi.