«Barselona» direktori: «Koutino borasida «Bavariya» bilan kelishuvimiz bor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414
«Barselona» direktori Gilermo Amor yarim himoyachi Filippe Koutino «Bavariya»ga o'tishga yaqin ekanini tasdiqladi. Myunxenliklar braziliyalik futbolchini bir yilga ijaraga olishadi.
«Koutino borasida «Bavariya» bilan printsipial kelishuvga egamiz», – dedi Movistar+ telekanaliga bergan intervyusida.
Koutino o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida «Barsa» safida 54ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi. Uning kataloniyaliklar bilan 2023 yilga qadar bo'lgan shartnomasi mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!