Jeko «Roma» bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 493

«Roma» klubi hujumchi Edin Jeko bilan shartnoma uzaytirilgani haqida ma'lumot tarqatdi. Yangi kelishuvga ko'ra, 33 yoshli futbolchi 2022 yilning 30 iyuniga qadar Rimda faoliyat olib boradi.
«O'tgan mavsum yakunlanishidan avval shunday qarorga kelgan edik. Jeko – shunday ustunki, uning atrofida jamoa qurish mumkin», – deya izoh berdi «Roma» bosh direktori Gvido Fienga.
Eslatib o'tamiz, ushbu yozgi transfer paytida bosniyalik futbolchiga «Inter» qiziqish bildirgan edi. Jeko 2015 yildan beri «Roma» sharafini himoya qilib keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216