Azar La Liganing 1-turini o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 475
"Real"ning yangi a'zosi, Eden Azar jarohati sababli Ispaniya chempionatining birinchi turidagi "Selta"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi, deya xabar beradi Madrid klubi rasmiy sayti.
Uchrashuv 17 avgust kuni bo'lib o'tadi.
"Real" matbuot xizmati Azarning qancha muddatda safga qaytishi to'g'risidagi aniq ma'lumotni yaqin vaqtlarda xabar berishini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Azar yozgi transfer oynasida "Chelsi"dan "Real"ga 100 million evro evaziga ko'chib o'tdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!