«Flamengo» nima uchun Balotelli bilan shartnoma imzolamaganini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457

"Flamengo" klubi italiyalik hujumchi Mario Balotelli bilan nima uchun shartnoma imzolanmaganini e'lon qildi.
Braziliya klubi bergan bayonotga ko'ra, haqiqatan ham Balotelli bilan muzokara olib borilgan. Ammo yakunda ikkala tomon o'zaro kelishib shartnoma imzolamaslik haqida qaror qabul qilingan.
Katta ehtimol bilan hujumchi faoliyatini "Breshiya"da davom ettiradi. Hozircha unga boshqa da'vogarlar yo'q.
Eslatib o'tamiz, Balotelli yozda "Marsel"ni tark etgan edi. Hozirda u erkin agent hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188