«Roma» turkiyalik himoyachi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385
“Genchlerbirligi” himoyachisi Mert Chetin “Roma”ga o'tishga yaqin, deya yozmoqda jurnalist Janluki Di Martsio.
Manbaning xabariga ko'ra, rimliklar futbolchi uchun 3 million evro to'lashga tayyor. Yaqin vaqt ichida futbolchi Rimga uchib keladi va “bo'rilar” bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi o'tgan mavsum 32ta o'yinda 1ta gol urgan. Futbolchi Turkiya terma jamoasidan chaqiruv olmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!